O‘zbekistonda uylarga kichik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha «Quyoshli xonadon» dasturi boshlanadi. 2023 yilda 37 ming aholi xonadoniga panellar o‘rnatish rejalashtirilgan. Yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazilgan har bir kVt/soat uchun 1000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Andijon va Navoiy viloyatlarida aholi quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimliklar jarayon «faqat tavsiya sifatida» va «hech bir majburlovlarsiz» kechayotganini bildirdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, «ratsional harakat ongli va ongsiz ravishda obro‘sizlantirilmoqda».
Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarlari Fransiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda poytaxtdagi qator obyektlarga quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. «Loyihaning texnik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari takomiliga yetkazilmoqda», — deyiladi axborotda.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kam ta’minlangan oilalarga televizor yoki boshqa texnikalar sovg‘a qilish ularning elektr uchun xarajatlarini oshirayotgani, yordam so‘rayotganlarning aksariyati elektrdan qarzdorligini ma’lum qildi. U texnikalar o‘rniga quyosh panellari berishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting